Angliya Premer-ligasi rahbariyati hakamlarga bildirilgan salbiy xatti-harakat uchun jazoni qattiqlashtirishga qaror qildi.
O‘yinchilar hakamlarga nisbatan ochiq hurmatsizlik, hakamlarning qaroriga tajovuzkor munosabat, hakam bilan yuzma-yuz baland ovozlarda gaplashish, hakam yoniga qaror bo‘yicha shikoyat bildirish uchun chopib kelish uchun ogohlantirish bilan jazolanadilar.
Tajovuzkor harakat, nojo‘ya imo-ishoralar va so‘zlarni qo‘llash uchun hakamlar futbolchilarni maydondan chiqarib yuborishga haqli bo‘ladi. Futbolchi hakam bilan tajovuzkor bo‘lmagan holatda muomala qilganlik uchun (misol uchun, o‘z e'tiborini qaratish maqsadida) ogohlantirish olishi, tajovuzkor xatti-harakat uchun esa maydondan chetlatilishi mumkin.
Agar bir jamoaning o‘yinchilari hakamni o‘rab olsalar, hakam futbolchilardan kamida bittasiga kartochka ko‘rsatishga haqli bo‘ladi. Angliya futbol uyushmasi o‘ziga bunday harakatlarni ijozat beradigan jamoalarga sanksiyalar qo‘llashi mumkin.
Shuningdek, murabbiylik shtabi va o‘yinchilarning texnik zonadagi harakatlari ham qat'iylashtiriladi.
"Ha, bunday onlar o‘yinimiz tezligi va jizzakilik sababli yuz beradi, muxlislar ehtiros va xohishni ko‘rishni istashadi, biroq biz o‘tib bo‘lmaydigan chiziq borligini ko‘rsatmoqchimiz", deb aytdi liga ijrochi direktori Richard Skademor.
Manba: Tribuna.uz