Yamanning janubida joylashgan vaqtinchalik poytaxt - Adan shahri markazida portlash ro‘y berdi. Bu haqida Sky News Arabia telekanali xabar qildi.
Manbaga ko‘ra, portlash natijasida 4 nafar kishi halok bo‘lgan.
Portlash Dar al-Mansur tumanidagi nazorat-tekshiruv punktida sodir etilgan. Berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, portlovchi moddani terrorchi-xudkush ishga tushirgan.
Voqeaga doir boshqa tafsilotlarga oydinlik kiritilmagan.