AQSh va Fransiya Iroqning Mosul shahriga zarba beradi

Jahon 12:52 / 20.07.2016 6133

Fransiya hukumati vakili Stefan Le Folning bayonot berishicha, AQSh va  Fransiya, IShID terrorchi guruhi nazorati ostidagi Mosul shahriga birgalikda havo zarbalari berishga hozirlik ko‘rmoqda, deb xabar qilayapti Reyter agentligi.

Avvalroq, 20-21 iyul kunlari Amerika poytaxtida, IShIDga qarshi xalqaro koalitsiya tashqi ishlar va mudofaa vazirlarining yirik anjumani bo‘lib o‘tishi ma'lum qilingan edi. Unda Iroqning Mosul shahrini jangarilardan ozod qilish masalasi muhokama etiladi.

Iroqning ikkinchi yirik shahri hisoblangan Mosulda 500 mingdan ziyod inson istiqomat qiladi. Shahar, 2014 yil sentabridan beri jangarilar nazoratida.
 

Ko‘proq yangiliklar: