AQSh maxsus kuchlari Android’ni iPhone’ga almashtiradi

Fan-texnika 15:50 / 20.07.2016 6164

AQSh mudofaa vazirligining maxsus kuchlar bosh boshqarmasi (SOCOM) amerikalik harbiylar foydalanadigan Android-smartfonlardan iPhone’ning foydasiga voz kechmoqchi. Askarlarning taktik hujum to‘plamiga Apple’ning eng so‘nggi modeli - iPhone 6S’ning kiritilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida appleinsider ma'lum qildi

Manbaga ko‘ra, “ayfon” - iPhone Tactical Assault Kit to‘plamining markaziy elementiga aylanadi. Askarlar uning yordamida smartfonni radiotarmoqqa ulashlari mumkin, shunda boshqarma ularning joylashuvini xaritadan kuzata oladi, shuningdek bu razvedka tizimiga qo‘shilishga (masalan, uchuvchisiz qurilmalardan video olishga) imkon yaratadi. 

Harbiylar hozirda foydalanayotgan Samsung Galaxy-smartfonlaridan juda norozi bo‘lishdi. Bu boradagi shikoyatlar qurilmaning sekin ishlashi hamda uni tez-tez o‘chirib yoqish kerakligi bilan bog‘liq bo‘lgan. Insayderning so‘zlariga ko‘ra, iPhone 6S, aksincha, “tez” va “silliq” ishlaydi, undagi tasvirlar esa “juda tiniq”. 

AQSh harbiylari ko‘p yillar davomida Apple texnikasidan foydalanishadi. Masalan, iPod touch mediapleyerining eski modellari snayperlar uchun kompyuter vazifasini o‘tagan.

Ko‘proq yangiliklar: