Afg‘on harbiylari mamlakat sharqida IShID terrorchilik guruhining 28 nafar jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda harbiylar ma'lumotiga asoslanib, Khaama agentligi xabar bermoqda.
Operatsiya IShID jangarilari faollashib qolgan Nangarxar provinsiyasida o‘tkazildi. Bundan tashqari ushbu hududda “Tolibon” guruhi ham harakatlanadi.
Agentlikning xabar berishicha, operatsiya davomida harbiylar va tinch aholi vakillari orasidan jabrlangan yoki halok bo‘lganlar haqda aniq ma'lumot yo‘q.