Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabidagi mehmonxonalardan birida AQSh harbiy havo kuchlari leytenantining jasadi topildi, deb xabar qilgan Pentagon ma'muriyati.
Fox News telekanalining xabar qilishicha, 25-yoshli harbiy ayol Anias Tobar o‘z xonasida o‘lik holda topilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, u AQSh va BAAning IShIDga qarshi hamkorlikdagi amaliyotida ishtirok etayotgan bo‘lgan.
Tobar qiruvchi samolyotlar uskunalariga xizmat ko‘rsatuvchi divizion tarkibiga kirgan.
Abu-Dabi politsiyasi amerikalik ayolning o‘limi sabablarini o‘rganmoqda.