Fransiyalik ayol va uning uch qizi noma'lum erkak tomonidan pichoqlandi

Foto: Global Look Press
Noma'lum erkak 19 iyul, seshanba kuni Yuqori Alp boshqarmasida (mamlakatning janubi-sharqi) bir ayol va uning uch qiziga pichoq bilan hujum qildi. Bu haqida BFM-TV telekanali xabar berdi.
“Pichoq bilan qurollangan erkak ko‘chada ketayotgan ayol va uning uch qiziga hujum qilib, ularga jarohat yetkazdi. Voqea Yuqori Alp boshqarmasida joylashgan sayyohlik oromgohida sodir bo‘lgan. Jinoyatchi darhol qo‘lga olindi”, - deyiladi telekanal xabarida.
AFP ma'lumotiga ko‘ra, “hujum sabablari hozircha aniqlanmagan”. “Qizlardan birining ahvoli og‘ir”, - deya ma'lum qiladi AFP.
Mavzuga oid

20:14
Shavkat Mirziyoyev 11 mart kuni davlat tashrifi bilan Fransiyaga boradi

23:34 / 07.03.2025
Fransiya razvedkasining sobiq boshlig‘i milliarder Bernar Arnoga yordam bergani uchun to‘rt yilga qamaldi

21:24 / 07.03.2025
Ukraina birinchi marta Fransiyaning Mirage qiruvchi samolyotlaridan foydalandi

04:48 / 06.03.2025