AQShning Merilend shtati, Baltimor shahrida politsiya xodimlari Burger King ovqatlanish tarmog‘i binolaridan birida odamlarni garovga olgan erkakni hibsga tushirdi. Bu haqda The Baltimore Sun xabar bermoqda.
Politsiya xodimining so‘zlariga ko‘ra, garovga olinganlardan hech biri jabrlanmagan. Aytishlaricha, erkak odamlarni 5,5 soat vaqt davomida bino ichida ushlab turgan.
Avvalroq erkakning ikki nafar garovga olingan odamni qo‘yib yuborgani haqida ma'lum qilingan edi.