Jon Kerri: «Turkiya AQShdan Gulenni so‘ragani yo‘q»

Jahon 21:02 / 16.07.2016 7532

AQSh davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, AQSh Turkiyadan kecha tunda bo‘lib o‘tgan harbiy to‘ntarishga urinishning rahbari deb gumon qilinayotgan Fathullo Gulenni topib berish to‘g‘risida hech qanday so‘rov olmagan. Bu haqda Reuters ma'lum qilgan.

Lyuksemburgda bo‘lib turgan Kerri Turkiyadagi konstitutsion tizimga zarar yetmasligiga umid qilishini ta'kidladi va Turkiya AQShga Gulen borasida hech qanday so‘rov yubormaganini ma'lum qildi.

Turkiya hukumati to‘ntarish ortida aynan Gulenning «parallel hukumati» turganini va uni yashirgan mamlakat Turkiyaga do‘st bo‘lmasligini ta'kidladi. Gulen esa bu ishlarga hech qanday aloqasi yo‘q ekanini aytmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: