Turkiyaning yetakchi futbol jamoalari harbiy to‘ntarishga qarshi ekanliklarini izhor qilishdi

Jahon 10:20 / 16.07.2016 6681

Turkiyaning futbol bo‘yicha chempionatining yetakchi jamoalari mamlakatning konstitutsion hokimiyatini ag‘darish uchun davlat to‘ntarishiga bo‘lgan urinishni qoralab, demokratiya tarafdorlari ekanliklarini e'lon qilishdi. Xususan, o‘tgan yilgi mavsum chempioni "Beshiktosh" futbol jamoasi demokratiya tarafdori ekanini ma'lum qildi. 
 
— Yashasin demokratiya! — deyiladi jamoaning rasmiy Twitter-sahifasida. 

Turkiyaning vitse-chempioni "Fenerbahche" ham safdoshlaridan ortda qolmasligini va demokratik tuzumni ma'qullashini bildirgan. 
 
— Biz har doim demokratiyani yoqlaganmiz, — deyiladi "sariq kanareykalar" bayonotida.

Mashhur "Galatasaroy" jamoasi ham demokratiya uchun kurashishini bildirgan. 

Jamoaning Twitter rasmiy sahifasida — Biz demokratiya uchun! — degan so‘zlarni ko‘rish mumkin

"Trabzonspor" jamoasi ham o‘z navbatida Turkiyada amalga oshmay qolgan harbiy davlat to‘ntarishini qoralashini ma'lum qilgan. 

— Biz har qanday to‘ntarishga qarshimiz, biz davlat va xalqimiz uchun! — deyiladi jamoaning Instagramdagi rasmiy sahifasida.

Ko‘proq yangiliklar: