Bugun Gretsiyaning Aleksandrupolis shahri aeroportida Turkiyaning harbiy vertolyoti qo‘ngan. Uning ichida Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga uringan 8 nafar harbiy bo‘lgan.
Avvalroq bu harbiylar Gretsiya hukumatidan siyosiy qochoq sifatida boshpana berishlari so‘ragan. Ular davlat to‘ntarishi amalga oshmay qolganidan keyin mamlakatni vertolyotda tark etishgan. Harbiylarning shaxsi va kim tomonidan qo‘lga olingani xabar qilinmagan.
Black Hawk vertolyoti avariyaviy qo‘nish uchun ruxsat so‘ragan. OAV xabariga ko‘ra, vertolyot Turkiya politsiyasiga tegishli. Gretsiyaning ikki F16 qiruvchi samolyoti vertolyotni Demokrit aeroportiga qo‘nguncha kuzatib kelgan.
Havo kemasi bortidagi barcha sakkiz kishi Aleksandrupolis politsiya uchastkasiga yetkazildi.
Eslatib o‘tamiz, 16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada harbiy to‘ntarishni amalga oshirishga urinishda 265 kishi halok bo‘ldi, 2800 dan ortiq harbiy hibsga olindi.