Turkiyadagi to‘ntaruv harakatining ortida kim turganligiga oid 7 dalil

Jahon 15:13 / 16.07.2016 46111

Rajab Toyib Erdo‘g‘an 15 iyuldan 16 iyulga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan harbiy to‘ntaruv harakatlarining ortida uning sobiq ittifoqchisi Fathulloh Gulen turganligini ma'lum qildi. U AQShda istiqomat qiladi, ko‘plab siyosatchilar va din arboblari orasida o‘ziga yarasha obro‘-e'tiborga ega. Gulenning ortida kim turibdi, u qanday qilib ko‘p milliardli imperiyaga asos soldi va nima uchun Erdo‘g‘an bilan ziddiyatga bordi? Bularning barchasi haqida batafsil so‘z yuritamiz. 

Parvoz

Gulen Turkiyaning sharqida imom oilasida dunyoga kelgan. 4 yoshidan namoz o‘qishni boshlagan, 10 yoshida Qur'onni yod olgan. 14 yoshida birinchi va'zini o‘qigan, 19 yoshida esa imom darajasiga yetgan. 70-yillarda Gulen faol voizlik qila boshladi: u eng avvalo turk burjuaziyasini jalb qildi, zero u musulmonlar uchun asketik hayot tarzini muhim deb bilmaydi. Uning nutqlaridan birini Turkiyaning o‘sha paytlardagi bo‘lajak prezidenti Surgut O‘zan eshitib qoladi va tez orada Gulen yangi turk isteblishmenti safiga kiradi. 

Imperiya

1997 yildagi harbiy to‘ntaruvdan keyin Gulen davolanish uchun AQShga ketadi, ammo barcha tekshiruvlardan o‘tib bo‘lganidan so‘ng Turkiyada shariat o‘rnatishga da'vat qilganlikda ayblanib, unga nisbatan jinoiy ish ochilgani tufayli vataniga qaytmaslikka qaror qiladi. Shundan keyingi 10 yil qorong‘ulik bilan qoplangan. Aynan shu paytlarda u eng boy turk quvg‘iniga aylanadi hamda AQShda ko‘p milliardli imperiyasini barpo qiladi. Bir vaqtning o‘zida Gulen butun dunyo bo‘ylab maktablar ochadi, biroq 2006 yilda AQShda migratsiya qonunchiligi bilan bog‘liq muammolarga to‘qnash keladi. Bu mojaro diplomatlar va markaziy razvedka boshqarmasi yordamida tezda hal qilinadi. 

Ta'sir

Tez orada Amerika matbuoti Gulenni bir “sayyoraning eng nufuzli intellektuali”, bir “dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni” va hattoki “dunyoning eng nufuzli 100 kishisi” qatoriga kiritadi. Turkiyada u tomonidan 1966 yilda asos solingan “Xizmet” (“Xizmat”) diniy harakatining tarafdorlari 6 millionni tashkil etadi. Gulenning YeI va AQShda 30 mingdan ortiq korxonasi bo‘lib, uning ulkan biznes-imperiyasidan tushadigan yillik daromadi 25 milliard dollardan iborat. 

Baribir kelishadi

“Xizmet” harakati strategiyasini oddiy qilib aytganda “Kim bo‘lsang ham, biz baribir yoningga boramiz” shiori bilan izohlash mumkin. “Xizmet” rahbariyati Erdo‘g‘an bosh vazir bo‘lgan paytlarda uning partiyasini faol qo‘llab-quvvatlagan. Biroq keyinchalik turk hukumati “Xizmet” harakatini “Fathulloh Gulenning terrorchi guruhi” deb atay boshladi. 

Davlat to‘ntaruvi 

2013 yilda bo‘lib o‘tgan korrupsiya mojarosidan so‘ng Rajab Erdo‘g‘an bunda Gulenni aybladi. U da'vatchining davlat to‘ntaruvini amalga oshirmoqchi bo‘lgani haqida ma'lum qildi. Gulenning tarafdorlari hibsga olindi, ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz bilan namoyishchilar tarqatildi. 2014 yilning 19 dekabrida Istanbul sudi tomonidan Gulenni hibsga olish haqida order berildi.

AQShning roli

2012 yilda New York Times gazetasiga bergan so‘nggi intervyularidan birida sobiq voiz shunday so‘zlarni aytgan: “Xaosga qarshi chiqish uchun dunyoga yangi xalqaro munosabatlar tizimi kerak - u faqatgina AQSh kabi yetakchi davlatlar hamda NATO va BMT kabi nufuzli tashkilotlar tomonidan yaratilishi mumkin”

Rossiya Turkiyaning qo‘shnisi

Gulen: “Rossiya – Turkiyaning qo‘shnisi. Turkiya NATO a'zosi bo‘lsa-da, qo‘shnichilik aloqalarini hurmat qilgan holda, AQSh bilan munosabatlariga ziyon yetkazmaydi – Rossiya bilan ziddiyatga borish kerak emas”. 

Ko‘proq yangiliklar: