Turkiyadagi davlat to‘ntaruvi qurbonlari

Jahon 14:58 / 16.07.2016 20769

Turkiya bosh shtabi rahbari vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Umit Dundarning xabar qilishicha, to‘ntaruv harakati natijasida 41 nafar politsiya xodimi halok bo‘lgan. Shuningdek 104 nafar to‘ntaruv tarafdorlarining qurbon bo‘lgan. Bu haqida Daily Sabah xabar bergan

Turkiya telekanallarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali chiqish qilgan Turkiya bosh vaziri Biynali Yildirimning bergan ma'lumotiga ko‘ra, hozirga qadar 2839 kishi davlat to‘ntaruv harakatida ishtirok etganlikda ayblanib, qo‘lga olingan. Taxminan 1440 kishi turli jarohatlar olgan. 

Yildirim o‘z nutqida jurnalistlarning savollariga javob berib, ularga mana shunday murakkab vaziyatda ko‘rsatgan jonbozliklari va vatanparvarliklari uchun katta minnatdorchilik bildirdi va barchani birlashishga chaqirdi. 

15 iyuldan 16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada davlat to‘ntaruvini amalga oshirish harakatlari kuzatildi. Harbiylardan iborat guruh mamlakat hukumatini qo‘lga olganlik haqida ma'lum qilishdi. Istanbul va Anqara ko‘chalariga harbiy texnikalar chiqdi, osmonga aviatsiya ko‘tarildi. Shahar ichida olib borilgan to‘qnashuvdan keyin Milliy razvedka tashkiloti vakili Nuh Yilmaz davlat to‘ntaruv harakatiga barham berilganini ma'lum qildi. 

Ko‘proq yangiliklar: