Turkiyada amalga oshirilmoqchi bo‘lgan harbiy to‘ntaruv bilan bog‘liq holda oliy ma'muriy sudning 10 hakami hibsga olindi, deb xabar bermoqda NTV kanaliga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, kassatsion sudning yana 140 hakami qidiruvda qolmoqda.
Avvalroq Turkiyada to‘ntaruvga urinishdan keyin o‘z lavozimidan 2745 nafar hakam olingani ma'lum qilingandi. Ta'kidlanishicha, ushbu qaror Hakam va prokurorlarning oliy kengashi tomonidan qabul qilingan.