Turkiyada qo‘lga olingan askarlar harbiy to‘ntaruvni o‘quv mashg‘ulotlari deb o‘ylashgan

Jahon 19:47 / 16.07.2016 8946

Turkiyada hokimiyatni qo‘lga olishga urinishda ishtiroki uchun hibsga olingan turk askarlari so‘roq vaqtida ular dastlab barcha bo‘layotgan voqealarni oddiy o‘quv mashg‘ulotlari deb qabul qilishganini aytishgan. Bu haqda Hurriyet gazetasi ma'lum qildi. 

"Odamlar tanklarga chiqa boshlashgandan keyin biz barchasini angladik", deb aytdi harbiylardan biri. Uning 10 zobit va 67 askardan iborat guruhi Istanbulning Otaturk aeroportida qo‘lga olingan.

Gumonlanuvchilarning aytishicha, ularni boshqargan polkovnik politsiya otryadlari kelgandan chekinishni buyurgan.

CNN Turk telekanalining ma'lum qilishicha, Anqarada bosh shtab binosi yaqinida o‘tkazilgan isyonchilarga qarshi operatsiya  yakunlangan. Davlat to‘ntaruvining qo‘lga olingan tarafdorlari binodan kishanlarda olib chiqilib, avtobuslarga o‘tkazilgan. Ularning orasida Turkiya qurolli kuchlarining 13 nafar yuqori lavozimdagi zobiti bo‘lgan.     

Turkiya 15 iyulda bir guruh harbiylar mamlakatdagi hokimiyatni qo‘lga olmoqchi bo‘lgan. Anqara va Istanbul ko‘chalarida otishmalar, portlashlar yuz bergan, og‘ir texnika kiritilgan. Biroq davlat to‘ntaruvining oldi olindi. Hozirda ham mamlakatda qarama-qarshilik o‘choqlari saqlanib qolmoqda. Fitnaga aloqador bo‘lgan uch mingga yaqin gumonlanuvchilar hibsga olingan, tartibsizliklar oqibatida 180 ga yaqin kishi halok bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: