Reyter agentligining Turkiya hukumatidagi yuqori lavozimli manbasiga tayangan holda xabar qilishicha, mamlakatda amalga oshirilgan harbiy davlat to‘ntarishiga urinishda qatnashgan va qo‘lga olingan harbiylar soni 1563 kishini tashkil etmoqda.
Bundan avvalroq, mamlakat hukumati kuchlari 754 kishini qo‘lga olgani xabar qilingan edi.
Jumadan shanbaga o‘tar kechasi, bir guruh harbiylar Turkiyada harbiy to‘ntarishni amalga oshirmoqchi bo‘lishdi. Anqara va Istanbul ko‘chalariga harbiy texnikalar chiqarilgan, otishma va portlash ovozlari eshitilgan.
Keyinchalik, mamlakat prezidenti Toyyib Erdo‘g‘an harbiy isyon barbod bo‘lgani va to‘liq bostirilganini e'lon qilgandi.