Turkiyada 750dan ortiq odam hibsga olingan

Jahon 11:44 / 16.07.2016 6678

Turkiyada amalga oshmay qolgan harbiy davlat to‘ntarishidan so‘ng, 754 nafar harbiy xizmatchi qo‘lga olingan, deb xabar qilmoqda Anadolu davlat agentligi Tvitterdagi sahifasida. Bungacha, 336 nafar kishining qamoqqa olingani ma'lum qilingan edi. 

O‘z navbatida, NTV telekanalining xabariga ko‘ra, mamlakat IIV qaroriga ko‘ra, besh nafar general va 29 polkovnik vazifasidan ozod etilgan. 

Avvalroq, Turkiya bosh shtabi rahbarligini vaqtincha bajaruvchi tayinlangani xabar qilingan edi. Bosh shtabning avvalgi qo‘mondoni qayerda ekanligi va taqdiri noma'lumligicha qolmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: