Turkiyada davlat to‘ntarishi amalga oshirgan harbiylar uloqtirgan bomba portlashi tufayli parlament binosida 15 kishi jarohatlangan. Bu haqda NTV xabar tarqatgan.
Juma kuni kechqurun turkiyalik harbiylar guruhi davlat to‘ntarishi amalga oshirgani haqida e'lon qildi. Harbiylar mamlakat poytaxti Anqara shahriga tanklar olib kirishdi, Rajab Toyib Erdo‘g‘an tarafdorlari bilan otishma uyushtirdi.
Turkiya prezidenti bu kichik guruhning isyoni ekanini bildirib, xalqni o‘zini himoya qilishga chorladi.