Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim davlat to‘ntaruvida ishtirok etgan fuqarolar va jurnalistlarni yoppasiga jazolamaslikka va'da berdi.
“Terrorchilar va ayirmachilarni qo‘llab-quvvatlayotgan odamlar, qanday lavozimni egallashidan qat'i nazar hammaga ma'lum, ularga nisbatan darhol choralar ko‘riladi”, - deydi bosh vazir.
“To‘ntaruvni qo‘llab-quvvatlagan jurnalistlar va fuqarolarni hukumat ta'qib qiladimi?” degan savolga Yildirim “Davlat to‘ntaruvi harakati chog‘ida shok holatida ko‘plab jurnalistlar to‘g‘ri yo‘ldan adashgan bo‘lishlari mumkin”, deb javob berdi.
“Bu qiyin savol. Hozir hamma hukm qilinadigan qiyomat qoyim emas. Men barchani – keksa-yu yoshni, ayollar va bolalarni birlashishga chaqiraman – milliy bayroq ostida birlashishga!”, - dedi vazirlar mahkamasi rahbari.
U hozirda davlat to‘ntaruvi harakati ishtirokchilarining xatti-harakatlarini baholash ishlari ketayotganligini ma'lum qildi.