Ruminiyalik tennischi Zika virusi tufayli Rio Olimpiadasida ishtirok etmaydi

Sport 15:48 / 16.07.2016 3974

Jahonning beshinchi "raketka"si ruminiyalik tennischi Simona Xalep  2016-yilgi Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tajak Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etmaslikka qaror qildi. Sportchining bu qaroriga Zika virusini yuqtirib olish xavfi sabab bo‘lgan. Tennischining o‘zi shu haqda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma'lum qilgan.

Xalep Ayollar tennis uyushmasi (WTA)ning 12ta sovrinini qo‘lga kiritgan.

15-iyul kuni Olimpiada-2016da dunyoning yettinchi “raketka”si kanadalik Milosh Raonich ham Olimpiy o‘yinlarida qatnashmasligini bildirgan edi. 

Olimpiya o‘yinlari 2016-yil, 5-21 avgust kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadi. 

Ko‘proq yangiliklar: