AQSh prezidenti Barak Obama AQShda musulmonlarni terrorchilikka aloqadorlikka tekshirish g‘oyasini "jirkanch" deb atadi.
"Kecha Nitstsadagi hujum ortida Amerikaning barcha musulmonlari ularning mafkuralarini tekshirish nishoni bo‘lishlari, ba'zilarini esa deportatsiya qilish yoki qamoqqa qamash takiflarini eshitdik. O‘z-o‘zidan bunday taklif jirkanchdir", deb aytdi Obama Vashingtonda ishlovchi diplomatik missiyalar rahbarlari oldidagi nutqida.
"Terrorchilik oldida biz hammamiz amerikalikmiz", deb ta'kidlab o‘tdi Obama.
Obama bunday xavf oldida mamlakat fuqarolari "qo‘rquvga yengilmasliklari" yoki "o‘z turmush tarzlarini qurbon qilishlari kerak emasligini" ta'kidlab o‘tdi. "Biz diniy alomat bo‘yicha ajratishga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak – bu terrorchilar erishmoqchi bo‘layotgan narsadir. Bu yerda, AQShda, bizning erkinliklar, jumladan diniy e'tiqod erkinligi bizni kuchliroq qiladi va biz sergak hamda xavfsizligimiz va erkinliklarimizni himoyalashimiz kerak", deb qo‘shimcha qildi Obama.
Avvalroq AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp AQShga musulmonlar uchun kirishni cheklash haqidagi g‘oyani bildirgandi.