OAV Nitstsadagi terakt ijrochisi suratini chop etdi

Jahon 07:27 / 16.07.2016 6586

Fransiyaning L'est Republicain gazetasi o‘z saytida Nitstsada odamlarni yuk mashinasida bosib ketgan haydovchi  Muhammad Lahuyoj Buxlalning Fransiyada yashashga ruxsat berilgan hujjatining nusxani chop etdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Buxlal bu hujjatni 2009 yilda 23 yoshida olgan.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, u 1985 yil 31 yanvarda Tunisning Sus viloyatidagi Msakan shahrida tug‘ilgan. Chop etilgan nusxada hujjatning amal qilish muddati 2009 yil 15 yanvardan 2019 yil 14 yanvargacha deb ko‘rsatilgan.

Avvalroq politsiya Buxlalning sobiq rafiqasini hibcga olgani ma'lum qilingandi.

Buxlal yuk mashinasida Nitstsada Bastiliyaning olinishi kuni bayrami nishonlanishi vaqtida 60-70 km/soat tezlik bilan odamlarni bosib ketgan va so‘ngra otishma sodir etgan. Hujum oqibatida 80 dan ko‘proq odam halok bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: