14 iyul kuni Nitstsada terakt amalga oshirgan Muhammad Buxlalning ukasi Jobir hujumni akasi amalga oshirganiga ishonmayapti, deb xabar bermoqda Business news.
"Hanuzgacha hech kim bu kimsa aynan akam ekanligini rasman tasdiqlamadi. Bu shunday familiya va ismga ega boshqa odam bo‘lishi mumkin", deb aytdi u.
Buxlal ukasining aytishicha, uning akasi dindor bo‘lmagan va "hattoki ibodat ham qilmagan".
"Biz tushkun holatdamiz, oilamizdan hech kim bunga ishonmayapti. Muhammad buni qila olmagan. U ibodat qilmagan, xudojo‘y bo‘lmagan, diniy marosimlarni bajarmagan. U buni diniy yoki ekstremistik g‘oyalar sababli amalga oshirgan bo‘lishi mumkin emas", deb aytdi Jobir.
Terrorchining qo‘shnilari ham uning jizzaki yoki xudojo‘y deb atash mushkul degan ma'lumotni tasdiqlashmoqda. Ularning aytishicha, u kamtarin, biroq o‘z obro‘siga ega bo‘lgan. Biroq hamma Buxlal rafiqasi bilan aloqalarni uzgani sababli oxirgi vaqtda tushkun holatda ekanini payqashgan.
Buxlal yaqinlariga yozda uyiga qaytmoqchi ekanligini ma'lum qilgan. Jurnalistlar endi terrorchi hujumni uyushtirib, yaqinlarida shubha uyg‘otmagan holda uyida yashirinmoqchi bo‘lgan, degan fikrga kelmoqdalar.
Avvalroq Nitstsadagi terakt ijrochisining Tunisdagi yaqinlari jurnalistlarga qurol bilan tahdid qilayotganlari ma'lum qilingandi.