Nitstsadagi teraktni sodir etgan jinoyatchi ruhiy xasta bo‘lgan

Jahon 18:27 / 16.07.2016 5605

Nitstsadagi bayramga to‘plangan xalq ustiga bostirib kelgan tunislik jinoyatchi 2005 yilda Fransiyaga kelguniga qadar bir necha yil ruhshunos huzurigaga qatnagan. Bu haqida Reuters agentligi Nitstsadagi teraktni sodir etgan Muhammad Buhlelning opasining so‘zlariga asoslanib xabar berdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchining qarindosh-urug‘lari uning shifokorga qatnaganligiga dalil bo‘luvchi hujjatlarni politsiyaga topshirishgan. U ukasining ruhiy xasta bo‘lganligini tasdiqladi. 

14 iyul kuni Nitstsadagi milliy bayram tantanasida yuk mashinasi odamlar ustiga bostirib borgan. Haydovchi o‘q uzgan, so‘ng politsiya xodimlari tomonidan yo‘q qilingan. Ushbu terakt natijasida 84 nafar kishi halok bo‘lgan, ulardan 10 tasi voyaga yetmagan bolalar bo‘lganligi ma'lum qilingan. 
 

Ko‘proq yangiliklar: