Nitstsadagi terakt vaqtida homilador ayol restoranda farzand ko‘rdi

Jahon 20:29 / 16.07.2016 4994

Nitstsadagi Ingliz sohilbo‘yidagi terakt vaqtida homiladorligining 9-oyida bo‘lgan ayol farzand ko‘rdi, deb xabar bermoqda BFMTV telekanali.

Yuk mashinasi bayram munosabati bilan salyut ko‘rgani sohilbo‘yiga yig‘ilgan odamlar ustiga bostirib kelganda ayol kuchli stress oqibatida to‘lg‘oq boshlanganini seza boshlagan. Ayol sohilbo‘yidagi restoranlardan birida yashirinishga ulgurgan. 

Ta'kidlanishicha, yaqin oradan ayoldan tug‘ruqni qabul qilib olgan shifokorni topishga muvaffaq bo‘lingan. 

Keyinroq ayol chaqalog‘i bilan shifoxonaga yetkazilgan. Restoran menejyeri telekanalga restoran xodimlari fojiali voqealar vaqtida bunday hodisadan juda ta'sirlanganlarini aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: