Nitstsada halok bo‘lgan 16 shaxsga tegishli jasad qoldiqlarining egalari aniqlanmadi

Jahon 17:43 / 16.07.2016 4646

Nitstsadagi terakt qurbonlarining 16 nafariga tegishli jasad qoldiqlarining kimga tegishliligi  avvalgidek noma'lumligicha qolmoqda. Bu haqida  iTele telekanali shifoxonadagi manbasiga asoslanib, xabar berdi. 


Parij prokurori Fransua Molensning xabar qilishicha, Nitstsadagi terakt natijasida 84 kishi halok bo‘lgan, 202 nafari jarohatlangan, ulardan 52 nafarining ahvoli og‘ir. 

Shuningdek poytaxt prokuraturasi teraktni asli tunislik bo‘lgan Nitstsaning 31 yoshli fuqarosi Muhammad Buhlel amalga oshirganini tasdiqladi. 

Nitstsada bo‘lib o‘tgan terakt uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Ko‘proq yangiliklar: