MMA Butunjahon uyushmasi Fyodor Yemelyanenkoning Maldonado ustidan g‘alabasini bekor qildi

Sport 08:53 / 16.07.2016 12229

Aralash kurash Butunjahon uyushmasi (WMMAA) rossiyalik jangchi Fyodor Yemelyanenko bilan jang qilgan braziliyalik jangchi Fabio Maldonadoning shikoyatini qondirdi va jang natijasini o‘zgartirdi. Bu haqda uyushma matbuot xizmati ma'lum qildi

Uyushma uch hakamdan ikki nafari jang natijasini Yemelyanenko foydasiga (28:28, 29:28, 29:28) chiqarganiga qaramasdan, jang natijasini durang deb tan oldi. Jang 17 iyunda  Sankt-Peterburgda Fight Nights turniri doirasida bo‘lib o‘tgandi.

Jang qarorini qayta ko‘rib chiqishga sabab manfaatlar ziddiyati bo‘ldi. Yemelyanenko va jangning bosh hakami Radmir Gabdullin Rossiya MMA ittifoqi bilan mehnat munosabatlariga ega. 39 yoshli jangchi tashkilotni boshqaradi, hakam esa uning vitse-prezidenti hisoblanadi. WMMAAning fikricha, bu holat sud qaroriga ta'sir qilgan bo‘lishi mumkin.

MMA’ning yetakchi statistik portali Sherdog.com ham jang natijasini durangga o‘zgartirdi.

Avvalroq 15 iyulda Radmir Gabdullin Rossiya MMA ittifoqi jang natiijasini o‘zgartirmasligini ma'lum qilgandi. "Xalqaro havaskor tashkiloti bo‘lgan WMMAA o‘z fikrini bildirishi mumkin, biroq Rossiyadagi professional promoushendagi sud qaroriga ta'sir qilishga huquqqa ega emas", deb aytdi Gabdullin TASS axborot agentligiga.

Ko‘proq yangiliklar: