IShID Nitstsadagi terakt uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi

Jahon 16:00 / 16.07.2016 8716

IShID terrorchilik guruhi Nitstsadagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqida terrorchilarning OAVga asoslanib, “Al-Jazira” telekanali ma'lum qilgan

14 iyulda Fransiyaning milliy bayrami sifatida nishonlanadigan Bastiliyaning olinishi kuni mamlakat tarixida eng musibatli kunlardan biri sifatida yodda qolishi aniq. Shu kuni Nitstsada yuk mashinasi ko‘chada bayramni nishonlash uchun to‘plangan odamlarning ustidan bosib ketgan. Oqibatda kamida 84 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 12 nafardan ko‘prog‘i jarohat olgan.  

Politsiya xodimlari operatsiya chog‘ida  terrorchini yo‘q qilishdi. Uning shaxsi aniqlandi – bu kelib chiqishi tunislik bo‘lgan 31 yoshli Nitstsa fuqarosi Muhammad Buhlel bo‘lib chiqdi. 

Ko‘proq yangiliklar: