Hyundai kompaniyasi fikr kuchi bilan boshqarish mumkin bo‘lgan i20 xetchbegini yaratdi. Tajriba Driven By Optimism kampaniyasining bir qismi hisoblanib, unda kompaniya yangi texnologiyalar va inson aqli bilan "oddiylikdan qochishni" istamoqda.
Tajribada miyaning elektroensefalogrammasini o‘qib, uni oddiy buyruqlarga aylantira oladigan maxsus garnituradan foydalanilgan. So‘ngra buyruqlar aktuatorlarni boshqaradigan kompyuterga yuborilgan. Ijobiy fikrlar akseleratorni, chalg‘igan, neytral fikrlar tormozni faollashtirgan. Rulni orqa o‘rindiqda o‘tirgan muhandis boshqargan.
Avtomobil sinovlarida joriy dekabrda Atlantika okeani bo‘ylab o‘tadigan eshkak poygasi Talisker Whisky Atlantic Challenge’da qatnashadigan Atlantic Endeavour jamoasi a'zolari hamda ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan va 15 yildan beri avtomobil haydamagan Mark Elkok va personal o‘sish bo‘yicha instruktor Anna Rey ishtirok etdilar.
Avvalroq avtomobilni fikr kuchi bilan boshqarish bo‘yicha tajribalarni AQShning Touch Titans kompaniyasi amalga oshirgan, 2011 yilda esa Nissan kompaniyasi bunday tizimni Lozanna oliy federal politexnika maktabi bilan birgalikda ishlab chiqqanini e'lon qilgan.