Eron prezidenti harbiylar davlat to‘ntarishi amalga oshirmoqchi bo‘lgan Turkiyadagi vaziyatni muhokama qilish uchun xavfsizlik kengashi chaqirmoqda.
"Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Turkiyadagi vaziyatni muhokama qilish uchun xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini chaqirmoqda", deb aytdi prezident devonxonasidagi manba Sputnik agentligiga.
Avvalroq politsiya Istanbulda Bosfor orqali o‘tuvchi ko‘prikning ikkala tomoni bo‘ylab harakatni to‘xtatdi, Anqara ustida harbiy samolyotlar uchib yurgan.
Ba'zi turk OAVlari poytaxt markazidagi bosh shtab yonida otishmalar bo‘lganini ma'lum qilgan.