Erdo‘g‘anga sodiq kuchlar isyonchilarning ikkinchi vertolyotini ham urib tushirdi

Jahon 13:36 / 16.07.2016 11142

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga sodiq harbiy kuchlar, 16-iyul, shanba kuni mamlakatda harbiy to‘ntarishga uringan isyonchilarning ikkinchi vertolyotini ham urib tushirgan. Reuters agentligining xabar qilishicha, harbiy texnika Turksat sun'iy yo‘ldosh telekanallari operatoriga hujum qilgan vaqtda urib tushirilgan.

Birinchi havo transporti F-16 qiruvchi samolyoti tomonidan 16 iyulga o‘tar kechasi Anqara osmonida urib tushirilgan edi. Qayd etilishicha, davlat to‘ntarishi tarafdorlari bir nechta vertolyotlardan foydalanayotgani xabar qilinmoqda. Biroq, hukumat kuchlari ularni urib tushirishga tayyorliklarini bildirgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi.

Ko‘proq yangiliklar: