Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va'da berdiki, mamlakatda davlat to‘ntarishi amalga oshirishga uringanlarni qattiq jazolar kutadi.
"Harbiy yo‘l bilan davlat to‘ntarishi amalga oshirishga uringan guruhning barcha a'zolari qanday tizim vakili bo‘lishdan qat'i nazar og‘ir jazolanadi", degan Erdo‘g‘an Istanbul aeroportida jurnalistlarga.
U harakat bartaraf etilgani, mamlakat "okkupantlar qo‘lida emasligi"ni ma'lum qilgan.
Prezident hududlarda huquqni muhofaza qilish kuchlari tomonidan hibsga olishlar davom etayotganini ta'kidlagan.
Mamlakat bosh vaziri Binoli Yildirim bergan ma'lumotga ko‘ra, shu vaqtgacha davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanib, 120dan ortiq kishi hibs qilindi.