Donald Tramp vitse-prezidentlikka nomzod tanladi

Jahon 07:39 / 16.07.2016 3976

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp o‘ziga vitse-prezidentlikka nomzod sifatida Indiana gubernatori Maykl Pensni tanlaganini ma'lum qildi. Tramp nomzod nomini  15 iyulda Nyu-Yorkdagi matbuot-anjumanida aytishi kerak edi, biroq u Nitstsadagi terakt sababli o‘z nutqini keyinga qoldirgandi. 

"Men vitse-prezidentlikka gubernator Mayk Pensni tanlaganimni e'lon qilishdan xursandman", deb ma'lum qilinmoqda Tramp tvitterida.

Trampning aytishicha, bu bo‘yicha matbuot-anjuman 16 iyul mahalliy vaqt bilan soat 11.00da bo‘lib o‘tadi.

Pens 57 yoshda bo‘lib, u 2013 yilda gubernator bo‘lgan, bungacha esa 12 yil davomida Indiana shtatidan vakillar palatasi a'zosi bo‘lgan. Pens o‘zining ultrakonservativ qarashlari bilan ma'lum bo‘lib, kongressda Iroqqa bostirib kirilishiga, Guantanamoning yopilishi va bir jinsli nikohlarning qonunlashtirilishiga qarshi ovoz bergan.

Uning gubernatorligi vaqtida Indianada abortlar uchun javobgarlik kuchaytirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: