Davlat to‘ntarishini uyushtirganlikda gumon qilingan Gulen isyonni qoraladi

Jahon 11:40 / 16.07.2016 10719

Islom diniy rahnamosi Fathulloh Gulen, 16 iyul kuni Turkiyadagi davlat to‘ntarishini shaxsan qoralashini ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda Frans Press agentligi. Bundan avval, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Gulenni mamlakatdagi harbiy isyonda bevosita aloqasi borliqda ayblagan edi. 

Avvalroq, Reyters agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, Gulenning AQShda joylashgan tarafdorlari Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga aloqadorliklarini rad etishgan edi. 

Rasmiy Anqara Gulenning Turkiyadagi tarafdorlari faoliyatini "parallel davlat" deb hisoblaydi. Erdo‘g‘anning fikricha, Gulen Turkiya hokimiyatini ag‘darishga urinib keladi.
 
Avvalroq, Gulen bilan aloqadorlikda gumon qilinib, yuzlab harbiylar, politsiya va xavfsizlik xizmati ofitserlari hibsga olingan, Istanbul sudi Gulenni qo‘lga olish bo‘yicha buyruq bergandi. 

Ko‘proq yangiliklar: