Internet tarmog‘ida Turkiya poytaxtidagi telemarkaz binosiga berilgan havo zarbasi aks etgan lavhalar paydo bo‘ldi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, binoga hujum qilishda isyonchilar tomonidan egallab olingan tanklar va vertolyotlar qatnashgan.
RIA "Novosti" agentligining qayd etishicha, videolavhadagi portlash bevosita telemarkazning o‘zida emas, balki avvalroq harbiylar va tanklar bilan qurshab olingan parlament binosida ro‘y bergan.
Anadolu davlat axborot agentligi davlat to‘ntarishi chog‘ida parlament binosiga bomba tashlanganini xabar qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, bir guruh harbiylar Turkiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi nomidan mamlakat hokimiyati ularning qo‘liga o‘tgani va amaldagi rahbariyat davlat boshqaruvidan chetlatilganini e'lon qilgandi.
Isyonchilar Anqara va Istanbul ko‘chalariga tanklar va boshqa turdagi zirhli texnikalarni olib chiqib, parlament binosi hamda prezident saroyini o‘qqa tutgan, havoga ko‘tarilgan vertolyotlar esa, norozilik bildirib ko‘chaga chiqqan odamlarga qarata ot o‘t ochgan.