Anqaradagi isyonchilarning vertolyotlarini yo‘q qilish uchun Turkiya HHK qiruvchi samolyotlari yuborildi

Jahon 07:41 / 16.07.2016 7850

Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim Eskishexirdagi aviabazadan Anqaradagi parlament binosini o‘qqa tutayotgan vertolyotlarni bartaraf etish uchun qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarilishiga ko‘rsatma bergan. Bu haqda CNN Türk xabar tarqatdi.

Parlament binosiga bir necha bomba tashlangan. Portlashlar oqibatida 15 kishi jarohatlangan.

Turkiyada 15 iyul kuni kechqurun davlat to‘ntarishiga urinish sodir etildi. Anqaradagi to‘qnashuvlar vaqtida 17 nafar politsiyachi halok bo‘ldi. Shuningdek, Istanbulda harbiylar bilan yuz bergan to‘qnashuvlarda tinch aholining 6 nafar vakili nobul bo‘lgan.

Turkiya prezidenti aybdorlar jazolanishini ma'lum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: