Anqarada prezidentlik saroyini qo‘lga olishga uringan guruhning 13 nafar a'zosi qo‘lga olindi

Jahon 06:16 / 16.07.2016 5089

Turkiya xavfsizlik xizmati vakillari mamlakat poytaxti Anqara shahridagi prezident saroyini egallab olishga uringan guruhning 13 nafar a'zosini qo‘lga oldi. Bu haqda Anado‘li axborot agentligi xabar tarqatgan.

Bu vaqtda Fathullo Gulen tomonidan tashkil qilingan "Xizmet" guruhi tarafdorlari turkiyaliklar va mamlakatdagi xorijliklarning xavfsizligidan xavotirlarini bildirishgan. Gulenning tarafdorlari tomonidan ma'lum qilinishicha, bugungi voqealarga "Xizmet" guruhi aloqador emas.

"Biz Turkiyaning ichki ishlariga har qanday harbiy aralashuv bo‘lishini qoralaymiz", deyilgan bayonotda.

Biroz oldinroq, Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim davlat to‘ntarilishida Turkiya Qurolli kuchlarini ayblash to‘g‘ri emasligini aytib o‘tgandi.

"Davlat to‘ntarilishida Qurolli kuchlar tarkibidagi bir qism ishtirok etdi", degan vazir NTV efiri orqali.

Bundan tashqari, u Turkiya Mudofaa vazirligi va harbiy qo‘mondonlik vaziyat ustidan nazoratni qo‘lga olganini qo‘shimcha qilgan.

Turkiya Adliya vaziri Bekir Bo‘zdog‘ ham davlat to‘ntarilishi Fathullo Gunel tashkilotchiligidagi "Xizmet" guruhi tomonidan amalga oshirilganini iddao etgan.

Ko‘proq yangiliklar: