AQSh byudjyeti defitsiti 2016 yilda 600 mlrd dollarni tashkil qiladi

Iqtisodiyot 08:10 / 16.07.2016 5134

AQSh federal byudjyetining defitsiti 2016 yilda 600 mlrd dollarga teng bo‘ladi va bu o‘tgan yildagi ko‘rsatkichdan 162 mlrd dollarga ko‘proqni tashkil qiladi. Bunday prognoz bilan 15 iyulda Oq uy Ma'muriy-byudjyet boshqarmasi chiqdi.

"Endi 2016 yilda defitsit 600 mlrd dollarni, fevraldagidan 16 mlrd dollar kamroqni tashkil qilishi taxmin qilinmoqda", deyilmoqda Oq uy Ma'muriy-byudjyet boshqarmasi tayyorlagan yangi ma'ruzada.

Mutaxassislar fikricha, yil yakunlariga ko‘ra xarajatlarning daromadlardan oshib ketishi YaIMning 3,3 foizi darajasida qayd qilinadi. 2017 yilda byudjyet defitsiti YaIMning 2,3 foizi darajasigacha kamayadi.

Oq uy mutaxassislarning yangi xulosalari Barak Obama ta'minlay olgan federal byudjyet defitsitining sekin-asta qisqartirilishi yo‘qqa chiqqani anglatadi. Byudjyet defitsiti o‘sishining qaytishi amerikalik iqtisodchilar tomonidan kutilgandi. Obama ma'muriyati sobiq prezident Jorj Bushdan 2007-2009 yillardagi iqtisodiy inqiroz vaqtida 1,4 trln dollarni tashkil qilgan byudjyet defitsitini meros sifatida olgan.

Ko‘proq yangiliklar: