O‘zbekistonliklar Nitstsadagi terakt munosabati bilan fransuz xalqiga hamdardlik bildirishmoqda

O‘zbekiston 19:07 / 15.07.2016 7982

15 iyul tongdan Toshkent shahri aholisi Nitstsadagi terakt qurbonlari xotirasi uchun Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi oldiga gullar keltirishmoqda.

Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar tomonidan halok bo‘lganlarning yaqinlari va fransuz xalqiga hamdardlik bildirilgan postlar qoldirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 14 iyul kuni kechasi Nitstsada yuk mashinasi olomon ustiga bostirib borishi natijasida 84 nafar kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi. Ulardan 18 nafari og‘ir ahvolda.

Ko‘proq yangiliklar: