Rossiya Federatsiyasining Markaziy Chernozemya delegatsiyasi vakillari “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi hamda O‘zbekiston sayyohlik tashkilotlari Assotsiatsiyasi hamkorlikda tashkillashtirilgan Info-tur doirasida Toshkent va Samarqandaga tashrif buyurishdi.
Delegatsiya tarkibidagi “Voronej” aeroporti vakillari, turoperatorlar va TV-Guberniya telekanalri xodimlari O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi. Ular uchun Toshkent va Samarqandning diqqatga sazovar joylariga sayohat uyushtirildi.
Tashrif doirasida poytaxtdagi «Autograph» art-galeriyasida ikki tomon turoperatorlari o‘rtasida V2V shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari haqida muzokalar o‘tkazildi. Mehmonlarga atab konsert dasturi taqdim etildi.