Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyida Giyena-Barre sindromi aniqlandi

Sport 10:56 / 15.07.2016 6279

Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Oskar Tabaresga Giyena-Barre sindromi tashxisi qo‘yildi.

Bu xastalik asab tizimini ishdan chiqaradi. Avvaliga sindrom oyoq ishlamasligi orqali namoyon bo‘ladi va bir necha kun ichida xastalik qo‘l faoliyatiga ham ta'sir ko‘rsata boshlaydi.

Belda, yelkada yoki belning tos suyaklarida, shuningdek, nafas olish organlari muskullarida shollik alomatlari sezilishi mumkin.  Tabares hozirda nogironlar aravachasidan foydalanmoqda.

Keyingi yillarda ushbu xastalikdan vafot etish holati 5 foizga kamaygan. Kasallik avjiga chiqib qaytganidan keyingi tiklanish bir necha haftadan 2 yilgacha vaqt talab etishi mumkin.

Tabares Amerika Kubogi-2016 turniri davomida ham hassaga tayangan holda ishlagandi, guruh bosqichidagi uchinchi uchrashuvda esa u maxsus aravachada maydonga chiqib kelgandi, lekin bu vaqtda uning xastaligi aniq aytilmagandi.

Tabares terma jamoani 2010 yilgi jahon chempionatining yarim finaliga olib chiqqandi.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: