Terrorchi Nitstsadagi sohil hududiga qanday yo‘l bilan kirib olgani ma'lum bo‘ldi

Jahon 21:14 / 15.07.2016 13273

Nitstsadagi teraktni sodir etgan haydovchi-qotil o‘zini yo‘lda to‘xtatgan politsiyachilarni oddiy yolg‘on bilan aldab, bayram tantanalari o‘tkazilayotgan hududga kirib borgan. The Daily Mail xabariga ko‘ra, bu terrorchi politsiyachilarga mashina yukxonasida bayramdagi bolalar uchun muzqaymoq olib ketayotgani haqida aytgan.

Nashrning qayd etishicha, hujumni uyushtirgan shaxs, kelib chiqishi tunislik bo‘lgan fransiyalik 31 yoshli Muhammad Laxuayyej Buxlel turargohda 9 soat payt poylagan. U shundan keyingina politsiyachilar yukxonani tekshirmasligiga amin bo‘lib, yo‘lga chiqqan.

Avvalroq ushbu shaxs qurol olib yurganlik va boshqa jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilgani, ammo ular terrorchilikka aloqador bo‘lmagani ma'lum bo‘lgandi. Fransiya maxsus xizmati uni kuzatib bormagan.

14 iyul kuni kechasi Nitstsada Bastiliya olinishi kunidagi bayram vaqtida yuk mashinasi olomon ustiga bostirib borishi natijasida 84 nafar kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi. Ulardan 50 nafari og‘ir ahvolda.

Ko‘proq yangiliklar: