Saudiya Arabistoni qiroli Marokashga tashrif buyurdi

Jahon 10:44 / 15.07.2016 8065

14 iyul kuni Saudiya Arabistoni qiroli Abdulaziz ibn Salmon Marokash Qirolligiga uyushtirgan tashrifi doirasida Tanjyer shahriga qadam ranjida qildi. Bu haqida Saudiya matbuot agentligi (SPA) ma'lum qildi

Qirol Salmon Jiddadan ketishdan avval u yo‘qligida qirollik ishlarini boshqarish uchun valiahd Muhammad bin Naifni bosh vazir o‘rinbosari va ichki ishlar vaziri etib tayinladi.

Qirolni Tanjyerdagi Ibn Battuta aeroportida Marokash Palatasi spikeri Rashid Tolibiy al-Alamiy, Tanjyer gubernatori Teton Muhammad Yakobit hamda Marokashning bir qator rasmiy vakillari kutib olishdi. 

Shuningdek, qirolni qarshi olishga Saudiya Arabistonining Marokashdagi elchisi Abdulaziz bin Muhiddin Xo‘ja, Marokashdagi Saudiya harbiy attashesi Nabil al-Obid va Saudiya Arabistoni elchixonasi xodimlari hozir bo‘lishdi. 

Marokashga qirol Salmon bilan birga moliya vaziri Ibrohim bin Abdulaziz al- Assaf va boshqa fuqarolik hamda harbiy rasmiylar tashrif buyurishdi. 

Ko‘proq yangiliklar: