Peterburgda xotira maydonidagi mangu olovda shashlik pishirishdi

Jahon 21:02 / 15.07.2016 7333

Rossiyaning Peterburg shahrida politsiya besh kishini qo‘lga oldi. Bu fuqarolar mamlakat uchun muhim hisoblangan joyda tartib buzarlik sodir qilishgan.

Ichkilik ta'sirida bo‘lgan fuqarolar xotira maydonidagi mangu olovda kabob pishirishgan. Buni mahalliy politsiya «ish bitganidan» keyin ko‘rib qolgan va «qahramonlar»qo‘lga olingan.

Duma deputati Vasiliy Shestakov tartib buzarlik jiddiy jazolanishi kerak ekanini ta'kidladi. Chunki Rossiyada bunday ishlar birinchi marta sodir bo‘layotgani yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: