OAV: "Inter" bosh murabbiyi Roberto Manchini yaqin orada klubni tark etishi mumkin

Sport 08:27 / 15.07.2016 2909

Milanning "Inter" futbol klubi bosh murabbiyi Roberto Manchini yaqin orada o‘z lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda Tribuna.Uz xabar bermoqda

Ta'kidlanishicha, mutaxassis klubning ijrochi direktori  Maykl Bolingbrok bilan uchrashuv o‘tkazgan va u bilan hamkorlikni to‘xtatishi mumkinligini muhokama qilgan. 

Avvalroq TASS vaziyatdan xabardor manbaga iqtibos keltirgan holda, 51 yoshlik italiyalik mutaxassis Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga nomzod sifatida qaralayotganini ma'lum qilgandi. 

Manchini 2014 yildan "Inter"ga murabbiylik qiladi. Klub Italiya chempionatining oxirgi mavsumini 4-o‘rin bilan yakunladi. Bungacha Manchini "Inter"ni 2004-2008 yillar davomida boshqarib, klub bilan 3 marotaba Italiya chempionati va 2 marta mamlakat superkubogini yutgandi. Manchini, shuningdek, "Fiorentina" (2001-2002), "Latsio" (2002-2004), "Manchester Siti" (2009-2013) va "Galatasaray" (2013-2014) bilan ishlagan. "Fiorentina", "Latsio" Manchini murabbiyligi ostida Italiya kubogi (mos ravishda 2000/01, 2003/04 yillardagi mavsumlar), "Manchester Siti" Angliya chempioni (2011/12) va mamlakat kubogi (2010/11), "Galatasaray" esa Turkiya kubogi sohibi (2013/14) bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: