14 iyul kuni kechqurun yuk mashinasi Fransiyaning Nitstsa shahrida Ingliz qirg‘oqlari bo‘yida Bastiliya ishg‘ol qilingan kun munosabati bilan mushakbozlikni tomosha qilishga to‘plangan kishilar ustiga yuk mashinasi bostirib borishi orqali sodir etilgan terakt qurbonlari soni oshdi. Fransiya IIV ma'lumotiga ko‘ra, qurbon bo‘lganlar soni 84 nafarga yetdi.
Ma'lum qilinishicha, jarohatlangan holda shifoxonaga yetkazilganlardan 18 kishining ahvoli og‘irligicha qolmoqda. Shuningdek, 50 kishi "nisbatan yengil darajadagi jarohatlar" bilan shifoxonada qolmoqda. Yana 120 kishi psixologlar va qutqaruv xizmatlari xodimlariga murojaat qilgan.
Guvohlarning ma'lumotlariga ko‘ra, yuk mashinasi to‘xtamasdan egri-bugri chiziq bo‘ylab qariyb 2 kilometrgacha odamlarni bosib borgan. Hujum qilgan shaxs odamlarga qarata o‘q ham uzgan. U politsiya kuchlari tomonidan yo‘q qilingan.
Mahalliy Nice Matin nashrining yozishicha, rulni asli tunislik bo‘lgan 31 yoshli nitstsalik boshqargan.
Terakt tufayli Fransiyada favqulodda holat rejimi uch oyga uzaytirildi.