Nitstsada hujum uyushtirgan haydovchi shaxsi aniqlandi

Jahon 08:10 / 15.07.2016 11216

Nitstsada 14 iyul kechki vaqt odamlarni bosib ketgan yuk mashinasi haydovchisining shaxsi aniqlandi. Bu kimsa Nitstsada yashaydigan 31 yoshli tunis millatiga mansub erkak bo‘lgan. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 
   
14 iyul kechki vaqt oq rangli yuk mashinasi Fransiya milliy bayrami – Bastiliyaning olinishi kuni shaharning Ingliz sohilbo‘yisida bayramni nishonlash uchun to‘plangan odamlarni bosib ketgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida 80 kishi halok bo‘lgan, 120 dan ko‘proq odam jarohat olgan. 

Hujum vaqtida odamlar orasida sarosima boshlangan. Yuzlab odamlar ularning ustiga bostirib kelayotgan yuk mashinasidan qochish maqsadida o‘zlarini dengizga otganlar. Ma'lum qilinishicha, ularning barchasini qutqarib, sohilga yetkazishga muvaffaq bo‘lingan.   

Guvohlarning aytishicha, yuk mashinasi iloji boricha ko‘proq odam bosib ketish maqsadida u yoqdan-bu yoqqa chayqalgancha zigzag ko‘rinishida odamlar ustiga bosib borgan. Ularning aytishicha, ular dastlab rejalashtirilgan hujum nishoniga aylanganlarini bilmaganlar.

"Dastlab biz haydovchining tobi qochdik deb o‘yladik, biroq tezda bu ataylab qilinayotganini angladik. U iloji boricha ko‘proq odam o‘ldirmoqchi edi", deb aytdi guvohlardan biri. 

Politsiyachilar haydovchini otib o‘ldirishgan. Mashina ichida katta miqdorda qurol va granatalar topilgan. Qurol-aslahalar jangovor holatda bo‘lgan.  

Avvalroq Fransiya ichki xavfsizlik boshqarmasi rahbari Patrik Kalvar terrorchilar teraktlar uyushtirish uchun transport vositalaridan foydalanishni rejalashtirayotganidan ogohlantirib o‘tgandi. Bu haqda Le Figaro gazetasi xabar bermoqda.  
 
Kalvarning fikricha, IShID terrorchilik guruhi teraktlar uyushtirish uchun yangi taktikani o‘ylab topgan. Unga ko‘ra, terrorchilar o‘z qabihliklarini amalga oshirishda minalashtirilgan avtomobillardan foydalanishga o‘tadilar.

Ko‘proq yangiliklar: