Fransiyaning Nitstsa shahrida amalga oshirilgan xunrezlikdan so‘ng, London hukumati Britaniya poytaxtidagi xavfsizlik choralarini qayta ko‘rib chiqadi, deb bayonot bergan shahar meri Sodiq Xon. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.
«Men barcha londonliklarni xotirjamlikka chaqiraman, bugun biz ushbu hujum ortidan o‘z xavfsizligimiz choralarini muhokama etamiz. Politsiya komissari, shaharliklar xavfsizligini ta'minlash uchun barcha sa'yi-harakatlarni amalga oshiradi», — degan Sodiq Xon.
Teglar: Sodiq Xon, London, Fransiya, Nitstsa, terror