Interpol Nitstsadagi terakt bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish uchun guruh jo‘natdi

Jahon 18:24 / 15.07.2016 3372

Interpolning tergovchilari guruhi Nitstsadagi teraktni taftish qilish maqsadida Fransiyaga yo‘l olgan. Bu haqda Reuters xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, guruh tarkibida voqea joyida Interpol bazalaridagi ma'lumotlarga solishtirma tekshiruvlar o‘tkazuvchi ekspertlar bor.

Bundan oldinroq, Tunis TIV Nitstsadagi terrorchining shaxsini tasdiqlagandi.

14 iyul kuni kechqurun Bastiliya olingan kun munosabati bilan o‘tkazilgan Milliy bayram vaqtida Nitstsa shahridagi Ingliz qirg‘og‘ida to‘plangan odamlar ustiga yuk mashinasi haydab borilishi oqibatida 84 kishi halok bo‘ldi. Shuningdek, ayni vaqtda jarohatlangan 18 kishi shifoxonada qolmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: