Xitoy JARda yangi sanoat parkini yaratish uchun 2,8 milliard dollar investitsiya qiladi

Iqtisodiyot 11:08 / 15.07.2016 4438

Xitoylik investorlar guruhi Janubiy Afrikada (JAR) sanoat parkini yaratish uchun 2,8 milliard dollar investitsiya qiladi. Bu haqida Bloomberg xabar berdi

Energiya va metallurgiya sanoati bilan bog‘liq park ishlab chiqarish - sanoatini rivojlantirish va ishsizlikni kamaytirishga harakat qilayotgan mamlakat hukumatiga madad bo‘ladi.

Xrom, marganets, ko‘mir va ohak kabi minerallarga ishlov beruvchi zavodlar joylashgan parkni Hongkong birjasi boshchiligidagi konsorsium  boshqaradi. JAR savdo va sanoat boshqarmasining ma'lumotlariga ko‘ra, bunday parkning yaratilishi 21 ming ishchi o‘rinlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. 

Park Limpopo daryosi shimolidagi yangi maxsus iqtisodiy zona (MIZ) ichida barpo etiladi. 

Teglar: JAR, sanoat parki, investitsiya

Ko‘proq yangiliklar: